Alisher Navoiy korpusi

200

Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz,

Vodiyi hijron ila dashti anoda istangiz.

Vomiq-u Farhod-u Majnundeklar ul vodiy aro

Bo'lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dard-u balovu g'ussag'a

Tolib el boshig'a kelgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayindin,

Boxabar bo'lmoq meni yuzi qoroda istangiz.

Ko'nglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini

Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yanglig'kim, vafo uzra qilur kotib raqam,

Ishq o'tining dog'ini ahli vafoda istangiz.

Og'zi shavqidin Navoiy itti, ani istar el

Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.

  • Semantik izoh: