Alisher Navoiy korpusi

201

Jonima qasd aylaru bor uylakim jonim aziz,

Men anga xor-u manga ul mohi Kan'onim aziz.

Qon yutarmen, la'li gulbargiga essa tong yeli,

Tong emas, ey do'stlar, bo'lsa menga jonim aziz.

Keldi ko'nglumga xayoli jon-u ko'nglum naqdini,

Ayladim isorkim, bor erdi mehmonim aziz.

Ko'rgach-o'q ushshoq aro jonimg'a surdi tig'i qatl,

El aro bu xor qulni qildi sultonim aziz.

Garchi xor etting meni dayri fano ahli aro,

Bo'l musulmonlar aro, ey nomusulmonim, aziz.

Bodai la'ling uchun azmi xarobot etgali

Rindlar ichra erur qadrim biyik, shonim aziz.

Dema har soat Navoiyg'aki, tark et ishqini

Kim, menga behad erur ul ko'nglum olg'onim aziz.

  • Semantik izoh: