Alisher Navoiy korpusi

204

Maozalloh siz, ey ishq-u muhabbat, ne balodursiz

Ki, ko'nglumdin olib sabr-u shikeb, o'tlar solodursiz.

Seni ko'r aylab, ey ko'z, ey ko'ngul, solsam seni o'tqa,

Muhiqmenkim, manga siz boisi dard-u balodursiz.

Gar ahbob etsalar gulgasht, ey jon-u ko'ngul, bormang,

Nedinkim, siz birav hajri g'amig'a mubtalodursiz.

Nasihat ahli, o'lturmang damo-dam ishq-u dard ahlin,

Demay bedardsiz, billahki, dardi bedavodursiz.

Ishingiz jon-u din olmoqdur, ey mug' dayri atfoli,

Agar kuffori xaybarsiz va gar turki xitodursiz.

Meni bir jom ila o'zluk xumoridin xalos aylang,

Guruhi rindlarkim, sokini dayri fanodursiz.

Tana'um ahliyu bazmi visol, ey dardi hajr ahli,

Navoiydin siz ayrilmangkn, zor-u benavodursiz.

  • Semantik izoh: