Alisher Navoiy korpusi

205

Ne ayb, ishqqa bu mo'ri mubtalo ojiz

Ki, ishq agar budurur, bo'lg'ay ajdaho ojiz.

Rafiqlar boshima yig'lashurlar, o'ldi magar

Tabib qilg'ali bu dardima davo ojiz.

Riyog'a ajz ketursam tongirg'ama, ey shayx,

Ul ishda chun yoratibdur meni xudo ojiz.

Nechaki tavsan-u tund ersa xalq ko'ngli bo'lur,

Chu bo'ldi ishq-u muhabbatqa mubtalo ojiz.

Firoq ilgida ojizmen, ey ko'ngul, ne ajab,

Kishini aylasa ming mehnat-u balo ojiz.

Jamol mulkida sen husn shohi, men munglug',

Shah etsa rahm ne tong, chun erur gado ojiz.

Navoiy ar qila olmas gadolig', etkil rahm

Ki, bo'ldi bir yo'li ul zori benavo ojiz.

  • Semantik izoh: