Alisher Navoiy korpusi

206

To'kti qonimni – mening sari chu ochti yor ko'z,

To'kmayin qon naylasun ul qotili xunxor ko'z.

Ko'z-u ko'nglumdin balolarg'a yo'luqtum, koshki

Itsa besomon ko'ngul, ko'r o'lsa yig'lab zor ko'z.

Hajr tig'i birla urma onchakim, ko'rsun seni,

Har ne qilsang qil, chu topti davlati diydor ko'z.

Vah, nelar bo'lg'ay yana tushsa ko'zum ul ko'zgakim

Ul biri xunrez ko'zdur, bu biri xunbor ko'z.

Ko'z uchidin va'dai vasl aylab imo oldi jon,

Go'yiyo bozi berib jon oldi ul ayyor ko'z.

Bir yuz ochib, chok etib ko'nglumni, ko'zung urdinish,

Bo'ldi bu ishtin ko'ngul mamnunu minnatdor ko'z.

Istasangkim, surmai maqsud ila ko'z yorug'ay,

Surma kun tunlarda hijron shomi tut bedor ko'z.

Ko'z-u ko'nglungga desang ul yetkach ofat yetmasun,

Sa'y etib to'xtat ko'ngulni, asrag'il zinhor ko'z.

Ey Navoiy, to'tiyoyi vaslg'a qobil bo'lur,

G'am yema, gar bo'lsa hijron xoridin afgor ko'z.

  • Semantik izoh: