Alisher Navoiy korpusi

207

Ishq jurmig'a meni, ey do'stlar, yozg'urmangiz,

Begunah men xud kuyarmen, siz dag'i kuydurmangiz.

Har zamon chun yog'durur bedod o'qin jonimg'a do'st,

Siz dag'i ta'n-u malomat toshini yog'durmangiz.

Men chu o'ldum yoshurub ishqin, gar emdi so'rsa yor,

Holatimni siz ne bilganni dengiz, yoshurmangiz.

So'rmang, ey ushshoq, mendin nayloli deb ishq ora,

Gar qila olursiz, avvaldin ko'ngul oldurmangiz.

Ishq otashgohida kul bo'lmisham, ey do'stlar,

Ko'kka har soat kulumni siz dag'i sovurmangiz.

Chunki ishq oshubidin har dam ishim o'lmakdurur,

Siz ham, ey ahli nasihat, ta'n ila o'lturmangiz.

Ishq olamidin surub soldi Navoiydek meni,

Ko'yiga, ey ashk xayli, siz ham andin surmangiz.

  • Semantik izoh: