Alisher Navoiy korpusi

208

Ko'ksumni tig'i mehnat ila yara aylangiz,

Tortib uzung ko'ngulni-yu yuz pora aylangiz.

Har porasini kuydurubon kul qilib sochib,

Har zarrasini bir sori ovora aylangiz.

Ul kuldin aylabon falak ohim sharorasin,

Har jonibida kavkabi sayyora aylangiz.

Har nav' mumkin o'lsa, ani foniy aylabon,

Bedodidin bu sheftag'a chora aylangiz.

Ul sho'x ishqin istagan el, solmangiz nazar

Aning soriki, ko'ngluma nazzora aylangiz.

Charx o'ldi zoli hiylagar — aning tariqi makr,

Tajrid eli, taloqi bu makkora aylangiz.

Ovora ko'ngln kelsa Navoiyning ozibon,

Ey xayli dudi oq yuzin qora aylangiz.

  • Semantik izoh: