Alisher Navoiy korpusi

21

Demaki, kirdi o'si qatl vaqti qonim aro

Kim, ul alif kibi kirdi o'larda jonim aro.

Ulub edim g'ami hajringda, bo'lmasa erdi

Labing taxayyuli jon jismi notavonim aro.

Gar aylasam vatan ul ko'y aro, meni qovmang

Ki, ishq shu'lasi o't soldi xonumonim aro

Ko'zu ko'ngul qurumish, ne to'kay ayog'ingg'a

Ki, qolmamish dur-u la'li ushbu bahr-u konim aro

Ajab yo'q, oqsa erib mag'zi ustixonimkim,

O'tun so'ngaklar erur shu'lai nihonim aro.

Sabuhi ista-yu yetkach sahar ochildi eshik,

Bu fath dayrida o'tmas edi gumonim aro.

Navoiy, istama juz yig'lamoq, unumdinkim

Nishot zamzamasi yo'qturur fig'onim aro.

  • Semantik izoh: