Alisher Navoiy korpusi

210

Vasl ummididin boshimg'a yorni kelturdunguz,

Oqibat yuz hajr toshi boshima yog'durdunguz.

Sindi boshim kosasi andoqki ko'nglum shishasi,

Muhtasibdek ishratim asbobini sindurdunguz.

Yuz tamug'cha o't ne hojat erdi, ey hajr-u firoq

Kim, yoqarda emganib xasdek tanim kuydurdunguz.

Tinmag'ur ag'yor zohir aylabon ko'p iztirob,

Dajr aro qatlim uchun mendin ko'ngul tindurdunguz.

Mayg'a afyun solib, ey dard-u balo soqiylari,

Turfa bukim, mast bo'ldung deb meni yozg'urdunguz.

Chun vafo yo'q dahr gulzorida, ey tong qushlari,

Sahvdurkim, besamar ashjorida o'lturdunguz.

Sizga ham, ey ishrat ahli, qolmag'ay jovidi vasl,

Buki zulm aylab, Navoiyni arodin surdunguz.

  • Semantik izoh: