Alisher Navoiy korpusi

211

Yo'q hadim qo'ymoqqa aning raxshi tuynog'ig'a yuz,

Basdurur, gar surta olsam yo'li tufrog'ig'a yuz.

To'nungga yuz surta gar olmon, chamanda har shajar

O'xshasa qaddingg'a, surtay barcha yafrog'ig'a yuz.

Raxshining dog'ig'a mumkin bo'lmasa yuz surtarim,

Surtayin jismimda ishqi o'tining dog'ig'a yuz.

Ko'yiga yo'l topmasam, do'zax sari borg'ancha bor,

Komu osoyish uchun qo'ymoq Eram bog'ig'a yuz.

Do'stlar, qatlimg'a andoq keldi ul sultoni husn

Kim, salotin qo'ymag'aylar qatl uchun yog'ig'a yuz.

Ishqdin Farhod ila Majnuncha men qo'ymoq bila

Gah junun dashtig'a gom-u gah balo tog'ig'a yuz.

Ey Navoiy, vasl oson erdi-yu hijron qotig',

Ko'rki, osonliq tilab, qo'ydum qatiqrog'ig'a yuz.

  • Semantik izoh: