Alisher Navoiy korpusi

212

Ko'z-u ko'nglumga to bo'ldi ayon ul zulf birlan yuz,

Ko'zumdin uyqu uchti tun, ko'nguldin sabr ham kunduz

Yugurmaktin sirishkim hajr shomi yuzda xatlardur,

Tulu' etkach yugurmak odat ermish g'am tuni yulduz.

Xayoling birla men to bodai ishqing bila sarxush,

Emasmen ishqing iqbolidin, ey jon, bir nafas yolg'uz.

Emasmen ishqing iqbolidin, ey jon, bir nafas yolg'uz.

Yangi oy botti, nargis itti, barbod o'ldi sarvu gul,

Taololloh, ne qosh-u ko'z ekin, yo rab, ne qaddu yuz.

Tong ermas, soyadek ollingda sarvi rost bosh qo'ysa,

Tushar chun har kishining qaddi tuzdur, soyasi ham tuz.

Chamanda sarv-u gulning ishvasi ko'nglumga yoqmaydur,

Fido jonim sanga, qaddingg'a bergil jilva, yuz ko'rguz.

Kelurmen xonaqahdin dayr sari, bazm tuz, ey mug',

Mug'ona tut surud, ey mutribu ey mug'bacha, may suz.

Chu mug' dayrida zikrim do'st oti bo'ldi, ey soqiy,

Manga-o'q tut qadahni, gar erur to'qson-u gar to'qquz.

Sanamlar husnidin maqsud yor o'lmish Navoiyg'a,

Agar barlos, agar tarxon, agar arlot, agar sulduz.

  • Semantik izoh: