Alisher Navoiy korpusi

213

Qachon bo'lg'ay manga vaslida imkoni tarab hargiz,

Xayolinda chu aylay olmadim tarki adab hargiz.

Agarchi xalq jon topmish labi obi hayotidin,

Manga juz hajr zaxmi bermadi ul no'shlab hargiz.

Visol ahli sizu ishratkim, aning zavqini bilmas,

Biravkim ko'rmadi umrida juz ranj-u taab hargiz.

Tabibo, qilsa ko'nglum o'tin afzun sharbating, tong yo'q,

Su birla shu'la tab'idin ketarmu tobu tob hargiz.

Chu Layli qildi Majnun ko'nglining sarmanzilin xilvat,

Ne sud ar qo'ymasa Hay girdida ani arab hargiz.

Yalinsam o'lturur, qilsam niyoz, og'ozi noz aylar,

Kishi ko'rganmu erkin buyla xo'yi bul-ajab hargiz.

Qachon ravshan ko'ngulni nafs o'ti dudi qilur tiyra,

Nubuvvat sham'ini ne nav' o'churgay Bulahab hargiz.

Nechakim sa'y birla topmasa matlubini solik

Kerakkim, jonidin kam bo'lmasa ranju talab hargiz.

Navoiydin kishi oshiqliq otin mahv eta olmas,

Qachon ketgay, kishi salb aylamak birla laqab hargiz.

  • Semantik izoh: