
Alisher Navoiy korpusi

214
Emdi g'ami yo'q, soldi chu ko'nglum ar ming so'z,
Ohim o'tidin o'chsa hamul sham'i dilafro'z.
Ko'nglum yarosin tikti va lekin o'qi birla,
Jonimg'a alifdek durur ul novaki dildo'z.
Vasli aro, ko'rdum, teng emish bo'yi-yu sochi,
Tun-kun teng ekan zohir o'lur bo'ldi chu navro'z.
Ishq ayladi rasvo meni, emdi boshing ol, ket
Yuz xijlat ila, ey, xiradi maslahatomuz.
Jonim evida oncha g'aming naqdini yig'dim
Kim, bo'ldi ko'ngul mahzani bu joni g'amando'z.
Bir subh angakim tole' o'lur boda quyoshi,
Xush baxti humoyun bila xush tolei feruz.
Derlarki, Navoiymu ekin dashti fanoda,
Chun sarsari hijron sovurur bir soridin to'z.