
Alisher Navoiy korpusi

215
Ey yuzung bog'i nasimida havoyi navro'z,
La'li tojing bo'lub ul bog'da bo'stonafro'z.
Zulf-u ruxsor ila komimg'a meni yetkursang,
Har tunung qadr o'lubon, har kunung o'lsun navro'z.
Ko'nglum ul lu'bat iligida giriftor o'lmish,
Qushni ul nav'iki la'b ahli qilur dastomuz.
Dardi hajringda kuyar ko'nglumu o'z holimg'a
Kishisizlikdin o'zumdurmen o'zumga dilso'z.
Dahr zolig'a ko'ngul bermaki, Rustamlarni
Makr ila ayladi ojiz bu sitamgora ajuz.
Ko'k jafosidin o'lur xobgahing bo'z tufrog',
Bo'lsa ostingda sipehr ashhabi yanglng' ko'k bo'z.
Ey Navoiy, senu Xusrav bila Jomiy tavri
San'at-u rangni qo'y, so'zda kerak dard ila so'z.