Alisher Navoiy korpusi

216

Do'stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,

Boshingizg'a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.

Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz

O'zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.

Ishq asrorig'a til mahram emastur zinhor

Kim, ko'nguldin tilga ani oshkora qilmangiz.

Chun ko'nguldur qalbu til g'ammoz, maxfiy rozni

Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.

Chun ko'ngul til birla mahram bo'lmadi, hojat emas

Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz.

Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nozim bo'lub,

Ohning dudin sahob-u ko'zni daryo qilmangiz.

Chok-chok aylab ko'ngulni, tilni aylab yuz tilim,

Tashlab itlarga alarning yodi qat'o qilmangiz.

Menda hijron dardi-yu yo'q sabr, bori do'stlar,

Choraye gar qilsangiz, juz jomi sahbo qilmangiz.

Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh,

Otini roz ahli tumorinda injo qilmangiz.

  • Semantik izoh: