Alisher Navoiy korpusi

217

Nozaninlar, benavolarg'a tarahhum aylangiz,

Lutf agar yo'qtur, g'azab birla takallum aylangiz.

Gah biyik, gah past giryon ko'rsangiz ushshoqni,

Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.

Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jon-u ko'ngul,

Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.

Ey balovudard, o'tlar xud solibsiz jonima,

Lek siz ham gah-gah ul o'ttin tavahhum aylangiz.

Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,

Siz mayi la'li bila bore tana'um aylangiz.

Biz fano tufrog'i bo'lduk dayr aro, ey ahli zuhd,

Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.

Ey mug'anniylar, Navoiy mast edi – kech uyg'onur,

Ani uyg'otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

  • Semantik izoh: