Alisher Navoiy korpusi

218

Meni bir noma birla dilbarim yod etmadi hargiz,

Qulin qayg'udin ul xat birla ozod etmadi hargiz.

Sirishkim sayli yiqmay qo'ymadi xud sabr bunyodin,

Buzug' ko'nglumda tarhi vasl bunyod etmadi hargiz.

Balolar tog'ini hajrinda tirnog'im bila qozdim,

Men etkan ishni oshiqliqda Farhod etmadi hargiz.

Chu naqdi sabr toroj aylading, ko'nglumga o't solding,

Bu nav' o'z kishvariga shoh bedod etmadi hargiz.

Firoq ayyomida ko'p naf' yetkurdi bukim, ko'nglum

O'zin ul sho'xning vaslig'a mu'tod etmadi hargiz.

Ne tong devona ko'nglum itlaringga ta'n qilmoqkim,

Yebon yuz dardu mehnat toshi, faryod etmadi hargiz.

Erur, ishq ollida jonim fido qilsam, hanuz ozkim,

Ul oydin o'zgani qatlimg'a jallod etmadi hargiz.

Ne tong, ey mug'bacha, ishqingda mast o'lsamki, piri dayr

Bu ikki ishdin o'zga bizga irshod etmadi hargiz.

Agar buzdi Navoiy ko'nglini ul bevafo, tong yo'q,

Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz.

  • Semantik izoh: