Alisher Navoiy korpusi

219

Bor aningdekkim kerak ul ko'zu qoshu qaddu yuz,

Olloh-Olloh, kim ko'rubtur husn bu yanglig' to'kuz.

Zulfung egrilik, qading tuzluktadurlar uylakim,

Sunbul ermas muncha egri, sarv ermas oncha tuz.

Sen erursen husn shohi, mehri soyir tojiri

Kim, chekibtur ollinga aflok jinsidin to'quz.

Hajr za'fidinki jon bir rishtag'a bog'liqdurur,

Jong'a rahm et, ey ajal, bu rishtani ham tortib uz.

Necha ko'nglum kishvaridin sabr tarhin buzg'asen,

Bir dog'i bu xattidin zulmu sitam tarhini buz.

Ko'z ayog'ingg'a yetar ummid birlandur bukim,

Ollinga yuz qatla har soat qo'yarmen yerga yuz.

Soqiyo, davron ishida yo'qturur juz tiyralik,

Daf'ig'a anlarg'a doir davr ayog'in boda so'z.

Faqr ko'yi tufrog'ikim, uldur iksiri hayot,

Jon berib ko'z yoriturcha olsang — olmishsen uchuz.

Ey qalandarvash mug'anniy, gar Navoiy ko'nglini

Istasang har lahza behol aylamak, tuzgil qo'buz.

  • Semantik izoh: