
Alisher Navoiy korpusi

22
Seningdek bute yo'qturur Chin aro,
Buti Chin sening bandang oyin aro.
Magar obi hayvong'a kirish Masih,
Kaloming labi la'li shirin aro.
Gulandomlar ichra, ey gul'uzor,
Qizil gul kibisen rayohin aro.
Qadingdek desam sarvni, qilma ayb,
Agar tushmadi rost taxmin aro.
Firoq ichrakim va'da qilding visol,
Ajab lutf qilding ayon kin aro.
Ko'ngulda sen o'lsang, tafovut nedur,
Yo'lum bo'lsa gar kufr, agar din aro.
Navoiy duo aylar ul hur uchun,
Maloyik, madad aylang omin aro.