Alisher Navoiy korpusi

221

Bormakim, bir dam o'zumni bila olmon sensiz,

Kelki, birlahza tahammul qila olmon sensiz.

Chiqma ko'nglumdin, o'lar vaqtkim ul g'urbatda,

Jon-u tan kishvaridin ayrila olmon sensiz.

Boda bazmida nishotim tilaseng, soqiy bo'l

Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz.

Mayi ishqing bila bexudmen, agar hush manga

Istasang, kel berikim, oyila olmon sensiz.

Gul-u bulbuldek otim sensiz emas el tilida,

Shukrkim, so'zda dog'i aytila olmon sensiz.

Ne g'am ovoralig'im, jonim aro chun sensen,

Istagan elga dog'i topila olmon sensiz.

Chun Navoiy seni ko'rmay nafase bilmas o'zin,

Bormakim, bir dam o'zumni bila olmon sensiz.

  • Semantik izoh: