
Alisher Navoiy korpusi

222
Yigitliginda qilur qadni benavolar ko'j,
Magarki foqa yukidin bo'lur gadolar ko'j.
Ne rost qad bila mag'rursiz, yigitlarkim,
Sipehr aylar ul o'qlarni misli yolar ko'j.
Havas qorilig' etib, go'yiyoki aylarlar
Ko'ngul kamini uchun qadni dilrabolar ko'j.
Ne sho'x tuz qad ila jilva qildikim, qildi
G'amu balo yukidin qadni porsolar ko'j.
Aso tutub ne iloj aylagay gadoki, bo'lur
Chu vaqti yetti — falakqadr podsholar ko'j.
Alarki ko'j qadim birla hazl etarlar, hayf
Ki, bo'lmag'umdurur ul damki, bo'lg'ayolar ko'j.
Navoiy itti yigitlik, magar vafosizlik
Qildilar qaribon qadni benavolar ko'j.