Alisher Navoiy korpusi

223

Davron guli-yu gulshani xorig'a arzimas,

Gulgun mayi baloyi xumorig'a arzimas.

Ming yil kishi jahon eliga qilsa shohliq,

Bir dam alar ihonat-u orig'a arzimas.

Manqalda udu sandal agar aylasang o'tun,

Bir lahza dud birla sharorig'a arzimas.

Ofoq mulki fathi uchun tortmoq sipah

Bilkim, sipoh gard-u g'uborig'a arzimas,

Yuz qari olam ahli aro aylamak nashot,

Bir dam alar nifoq-u niqorig'a arzimas.

Yillar habib vasli muyassar esa, gahe

Mayli raqib jonibi borig'a arzimas.

Kirgil fano yo'lig'a, Navoiyki, dahri dun

Bu umri besabot-u madorig'a arzimas.

  • Semantik izoh: