Alisher Navoiy korpusi

224

Ey, quyoshdek olamoro husnunga hayron ulus,

Zarra yanglig' ul quyosh davrida sargardon ulus.

Uyla rasvomenki, borsam har taraf beixtiyor,

Tortar iynak, keldi ul devona deb, afg'on ulus.

Jilvagohi husnida bir dam tamosho istaram,

Netti bir dam bo'lsa olam dashtidin pinhon ulus.

Do'zax o'tidin ulus tengriga elturlar panoh,

Ne uchunkim, ko'rmamishlar shu'lai hijron ulus.

Hajrdin yuz sa'b holat ichramen, ermas ajab,

Gar tamoshog'a qilurlar boshima tug'yon ulus.

Gar ulus izhori ishq aylarlar, ammo cheksa tig',

Men qolurmen tig' ostida, qochib har yon ulus.

Tiyr boronkim g'aming qildi, tuganmas qarnlar,

Tersalar anda boshoq tergan kebi paykon ulus.

Chun falak javfin qazo qilmish havodis huqqasi,

Buyla yerda fitnadin qochmoq zihi nodon ulus.

Gar ulus ahd-u vafosida Navoiy o'ldi, lek

Yo'qturur bu ahd aro qilmoq vafo imkon ulus

  • Semantik izoh: