
Alisher Navoiy korpusi

225
Har niyoz etsam ayon, juz noz oyin aylamas,
Necha achchig' yig'lasam, bir labni shirin aylamas.
Istasa har kimni o'lturmak uchun jallodi dahr,
Vahki, mendin o'zgani ul g'amza ta'yin aylamas.
Kimgakim bir oraz-u ruxsor-u xattu zulfning
Shavqi bo'lsa, xotiri mayli rayohin aylamas.
Jilvakim qonlig' ko'ngulda aylar ul qad birla yuz,
Sohati gulzor aro shamshod-u nasrin aylamas.
Ashk o'tkuncha yuzumdin qahrabo rangi tutar,
Suni hargiz za'faron bu nav' rangin aylamas.
Vah, ne holatdurki, ul husn aylasa har kimni shod,
Ishq mendin o'zgani bu ishda g'amgin aylamas.
Ey Navoiy, so'z dekim, davronni gardundek qazo
Juz bu durri kavkab oyin birla tazyin aylamas.