
Alisher Navoiy korpusi

227
Yo'q manga had aylamak boshingg'a evoulmak havas,
Itlariki boshig'a evrulmak muyassar bo'lsa bas.
Chun haddim yo'q etkali javru jafosin iltimos,
Qayda mumknn aylamak mehr-u vafosin multamas.
Ey Masihim, chun o'larmen – bir vasiyat aylagum,
Xalqdin maxfiy quloq og'zimg'a qo'yg'il bir nafas.
Kechalar hajringda faryodim o'tar aflokdin,
Mahvashim, faryodkim, bo'lmas manga faryodras.
Gulmudur qo'yg'on qafas ustida, ey bulbul, sanga
Yoxud afg'oning o'tidinmu tutashibtur qafas.
Gulshani ishq ila oliyshon erurkim, anda bor
Sidra shoxi birla to'bi bir-iki xoshoku xas
Gar Navoiy yorning vaslin tamanno qilsa bor,
Uylakim, bo'lg'ay gado ko'nglida shoh o'lmoq havas.