Alisher Navoiy korpusi

228

Menga, sog'inmakim, ul dilrabo erur munis

Ki, dardi hajrida yuz ming balo erur munis.

Niyoz-u ajzidin ar o'lsa dam-badam, ne ajab,

Gadovasheki, anga podsho erur munis.

Chu ishq bodiyasi keldi dashti istig'no,

Shah o'ldi zor anga, gar gado erur munis.

Vafosiz anglasa o'z umri-o'q gumon qildik,

Angaki umrida bir bevafo erur munis.

Xayol bo'ldi tanim za'fdin tanosib uchun,

Bu damki yor xayoli manga erur munis.

Bu dasht qat'ida hamroh erur qadam urmay,

Angaki sokini dayri fano erur munis.

Navoiy unski bulbul bila tutar, tong yo'q,

Bu benavog'a gar ul benavo erur munis.

  • Semantik izoh: