
Alisher Navoiy korpusi

229
Bir oyni tilab, xasta ko'ngul zormu ermas,
Hajri g'amidin yuz tuman afgormu ermas.
So'rmastin anga qatl tilar, yo'q esa ko'nglum
Ishqida sitamlar bila o'lsam, ke ajab, yor
Qotilimu emas, sho'x-u sitamkormu ermas.
Dinim boshig'a titrar esam, tong emas, ul ko'z
Kofirmu emas, mast-u dilozormu ermas.
Chun surdi samandin nega o'ldung dema, ey sho'x,
Sarxushmu emas, chobuku ayyormu ermas.
Gar dahr arusig'a dedim berma ko'ngul, boq:
Muxtolamu purhiylamu makkormu ermas.
Gar bo'lsa xaroshida Navoiy uni, tong yo'q
Bir gul g'amidin ko'nglida yuz xormu ermas.