Alisher Navoiy korpusi

23

Bag'ir xunobidin za'f o'ldi g'olib xasta jonimg'a,

Og'ir erdi g'izo, avd etti zahmat notavonimg'a.

Labing hajrida jismim konidin bir pora la'ledur

Ko'ngul zaxmida, yaxshi boqsalar har qatra qonimg'a.

Adam durjiki og'zing huqqasidur, marhame andin

Davodur g'unchadek ko'nglumdagi dog'i nihonimg'a.

Sarig' yuzumdin el yig'lar, magarkim o'lmakim yetti

Ki, mundoq xosiyat bar'aks bo'ldi za'faronimg'a.

Salohim pardasi kuydi ul o'tlug' yuz xayolidin

Fig'onkim, oyni yod etmak zarar qildi katonimg'a.

Ul oy kulbamg'a keldi, jondur-u xunob ila ohim

Bu tortig'lar murattab aylamishmen mehmonimg'a.

Qaror-u aql-u hushum ishqing o'ti birla churkandi,

Samum esdi balo dashtida ozg'an korvonimg'a.

Zamon avroqi-yu ishqim edi Farhod-u Majnundin,

Falak bir-ikki fasl etti izofat dostonimg'a

Navoiy, Zuhra udin motamim tutqonda kuydurdi

Falak sori erishib borg'an uchqunlar fig'onimg'a

  • Semantik izoh: