
Alisher Navoiy korpusi

230
Aylagan qaddu yuzung borinda sarv-u gul havas,
Dahr bo'stonida andoq bo'lmag'ay bir bulhavas.
Nozanin qadding niholi birla ruxsoring gulin
Ko'rgali ne sarv qildim orzu, ne gul havas.
Sarvinozim boshida to ko'rdi mushkin kokilin,
Sham' aylabtur muanbar dudidin kokil havas.
Ko'rdi to sarv qad-u guldek yuzungni bog'bon,
Sarvinozim boshida to ko'rdi mushkin kokilin,
Sham' aylabtur muanbar dudidin kokil havas.
Ko'rdi to sarv qad-u guldek yuzungni bog'bon,
Gulshan ichra qilmadi shamshod ila sunbul havas.
Kulliyu juzviy yo'q-u borim sanga bo'ldi fido,
Sen kerak bo'lsang, manga yo'q emdi juzvu kul havas.
Shomi savm iftorig'a, ey shayx, sharbatni netay,
Aylasam bir sho'x ilgidin sabuhiy mul havas.
Ayladi bir xoli hind-u ro'zgorimni qora,
Ey Navoiy, tong yo'q, etsam Hind ila Kobul havas.