
Alisher Navoiy korpusi

232
Qilsa bo'lg'ay mehrni nurinda yoshung'an qiyos,
Jilva qilg'an chog'da ul xurshidi kofuri libos.
Yo'q ko'ngul sultoni hifzig'akim, ul oy yo'lida
Uyqusiz ko'zlar tong otquncha tutar har kecha pos.
Ul quyosh chiqmay solur charx uzra yuz tarhi jafo,
Vah, bor ermish husn shohi, ne balo oliy asos.
Poybo'sung va'dasig'a jon olib, dersen manga,
Hojatingni iltimos et, vah, ne hojat iltimos.
Kirpikimdin resh bo'lg'ay deb tahayyul ichra ham,
Ko'zni qilmon bargi gul yanglig' taboningg'a mumos.
Ey visol ahli, siz-u iqbol tashrifiki, charx
Tikti qaddimg'a mening idbor toridin palos.
Xalqdin navmidlik yetkurdi rohat ko'ngluma,
Ey Navoiy, bildim ihdar-rohatayn erkanni ya's.