
Alisher Navoiy korpusi

233
Men kim-u mehr-u vafo – zulmu itob aylasa bas,
Javrini lutfcha jonimg'a hisob aylasa bas.
Qayda ul had mangakim, lutfidin obod o'lsam,
Zulm ila kishvari jonimni xarob aylasa bas.
Emon ul itki, rikobin tama' etsam o'pmoq,
Qatl uchun zulfini bo'ynumg'a tanob aylasa bas.
O'n quyoshcha yuzida nuru anga to'rt niqob,
Yetti garduncha jamolig'a niqob aylasa bas.
Ming balokashni qilib qatl gunah qozg'ondi,
Meni tirguzgucha umrida savob aylasa bas.
Men kim-u la'li umidiki, xayol ichra gado
Shah bila mayli nishoti mayi nob aylasa bas.
Charx zulm etsa, Navoiy tilamas dod andin,
Azm dargohi shahi arshi janob aylasa bas.