Alisher Navoiy korpusi

234

Uyla bo'lmish notavon ko'nglumga jonon birla uns

Kim, badang'a hargiz andoq bo'lmag'ay jon birla uns.

Ko'ngluma kirgach anisim bo'ldi, tutqonmu ekin

Bir zamonda hech kim bu nav' mehmon birla uns.

Odamiylardin chu ko'p vahshatqa qoldim, istaram

Tutmoq elni tark etib, vahshi biyobon birla uns.

Ko'zdin uchqung, uns tut bir dam bu shaydo birlakim,

Yo'q ajab, tutmoq pariy majnuni hayron birla uns.

La'li jonbaxshingg'a ma'nus o'lsa ruxsoring, ne tong

Kim, Masihog'a bo'lur xurshidi raxshon birla uns.

Dayr aro bo'lmish anisim piri dayru mug'bacha,

Tutmisham holo bir-ikki nomusulmon birla uns.

Notavon ko'nglungga munis kimni istarsen, demang

Kim, meni shaydog'a yo'q juz ko'nglum olg'on birla uns.

Dahr bog'i gullarida yo'q vafo, ey andalib,

Ziyrak ersang, tutmag'il bu turfa bo'ston birla uns.

Chun itimen, itlari xayli bila xo'y etmisham,

Ey Navoiy, ne ajab hayvong'a hayvon birla uns.

  • Semantik izoh: