
Alisher Navoiy korpusi

235
Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns,
Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns.
Olam ahli muttafiqdurlar meni o'lturgali,
To tutubmen ul jamoli olamoro birla uns.
La'li ma'nusumdurur, o'ltursa o'ltursun ko'zi,
Ne g'ami jalloddin tutqay Masiho birla uns.
Men kim-u ul xo'blar shohi bila ulfat, magar
Vahsh tutqay dasht aro Majnuni shaydo birla uns.
To'lg'anib zulfung bu majnung'a ne sarkashlik qilur,
Chunki savdo ahlig'a bor ahli savdo birla uns.
Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong,
Bor esa ko'nglumga zunnoru chalipo birla uns.
Sarvi nozim kiygali sariq, qizil bo'lmish manga
Ham guli ra'no bila, ham sarvi zebo birla uns.
Gar desang dunyoda har dam yuz baliyat ko'rmayin,
Ey ko'ngul, zinhor tutma ahli dunyo birla uns.
Ey Navoiy, gar desang soqiylig' etsun mug'bacha,
Tut kirib mug' dayri ichra jomi sahbo birla uns.