
Alisher Navoiy korpusi

236
Yo'q tama' ag'yordin, gar dushman zrmas yor, bas,
Yordin no'sh istamon, nish urmasa ag'yor bas.
Vasli bog'idin, demonkim, muddai gul termasun,
Tersa tersun, urmasa bag'rimg'a yuz ming xor bas.
Kimga qildim bir vafokim, ko'rmadim yuz ming jafo?!
Ey ko'ngul, gar xud havasdur ishq bu miqdor bas.
Bo'lmasa og'zimda may yoxud ko'z ul guldin qizil,
Ohi otashnok birla diydai xunbor bas.
Qasdima chekma haloking tig'ini ko'p, ey sipehr
Kim, ul oyning tig'i zulmidin ko'ngul afgor bas.
Dahr bo'stonida gulgun xona Qilsang orzu,
Bodai gulrang quyg'on kulbai xammor bas.
Ey Navoiy, so'zda ma'ni yo'qturur, ma'niyda so'z,
Durri ma'ni istar o'lsang, aylagil guftor bas.