Alisher Navoiy korpusi

237

G'amingdin, ey pariy, devoia bo'lmas,

Kishikim hush topqoch, yona bo'lmas.

Jamoling sham'ig'a ko'nglum qushidek

Maloyik xayli ham parvona bo'lmas.

Anga yo'q ishq birla oshnoliq

Ki, aql-u hushtin begona bo'lmas.

Kishiga vasl iqboli ne mumkin,

Agar hijron aro mardona bo'lmas.

Kerakmas may, agar xud jon bag'ishlar,

Manga soqiy agar jonona bo'lmas.

Xirad mug' dayri sari istamangkim,

Bu yo'lda oqil-u farzona bo'lmas.

Navoiyg'a buzuq, bulbulg'a gulshan

Ki, huzn-u aysh eli hamxona bo'lmas.

  • Semantik izoh: