Alisher Navoiy korpusi

238

Meni men istagan o'z suhbatig'a arjumand etmas,

Meni istar kishining suhbatin ko'nglum pisand etmas

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,

Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.

Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimg'a

Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no'shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin

Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.

Kerak o'z chobuki qotilvashi majnun shiorimkim,

Buzug' ko'nglumdin o'zga yerda javloni samand etmas.

Ko'ngul uz charxi zolidin, firibin yemakim, oxir

Ajal sarrishtasidin o'zga bo'ynungg'a kamand etmas.

Ul oy o'tlug' yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko'z,

Muhabbat tuxmidin o'zga ul o't uzra sipand etmas.

  • Semantik izoh: