Alisher Navoiy korpusi

239

Labingdin ayr-u bag'ir laxt-laxt qonmu emas,

Bu qon nazar yo'lidin dam-badam ravonmu emas.

Yuzungni pardada desam, pariy, tongirg'omog'il,

Menimu qilmadi majnun, o'zi nihonmu emas.

Jahon-u jon hazar etsa, ne ayb g'amzangdin,

Baloyi jonmu emas, ofati jahonmu emas.

Ko'ngulga ko'yung aro rahm nevchun aylamading,

G'arib telbamu yo zori notavonmu emas.

Ne ayb, la'li labing hasratida jon bersam,

Hayot chashmasi yo umri jovidonmu emas.

Qadahni yaxshi to'la aylamaysen, ey soqiy,

Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas.

Qadam Navoiy mahzun boshig'a qo'ymas yor,

G'ubori rahmu emas, xoki ostonmu emas.

  • Semantik izoh: