Alisher Navoiy korpusi

24

O'tg'a solg'il sarvni, ul qaddi mavzun bo'lmasa,

Yelga bergil gulni, ul ruxsori gulgun bo'lmasa.

Sarsari ohim esar g'am shomi hijron tog'ig'a,

Yaxshidur tong otqucha bu tog' homun bo'lmasa.

Telbalikdin, vahki, har dam dardim afzundur, agar

Ul pariy ishqida har dam dardim afzun bo'lmasa.

Gar ko'ngul qatl istabon sen va'da qilding tongla deb

Ushbu dam o'ltur, bu ehson birla mamnun bo'lmasa.

Xirqa jinsin rahn uchun, ey shayx, olmas piri dayr,

Boda bermas, toki o'zluk jinsi marhun bo'lmasa.

Foniy o'l, vasl istar o'lsang, benavolig'din ne g'am,

Bo'lmasun hargiz mato'e dunyoi dun bo'lmasa.

Ey Navoiy, tonma, gar der ul pariy majnun seni,

Oshiq o'lg'aymu pariyg'a, ulki majnun bo'lmasa?!

  • Semantik izoh: