
Alisher Navoiy korpusi

240
Olam ichra manga ul huri malaksiymo bas,
Ul qachon bo'lsa muyassar, qadahi sahbo bas.
Gar shabiston ichida hojat esa sham' ila nuql,
Ham o'shul mahjabinu labi shakkarxo bas.
Naqdi jon bersamu la'li labidin qut olsam,
Umr bozorida men xastag'a bu savdo bas.
Kimga bu dast beribturki, sanga bergay dast,
Ayla bu fikri muholotni, ey shaydo, bas.
Gar budur hodisai davr xarobot ichra,
Xirqai chok bila durdi qadahpolo bas.
Hashmat ahli xazu xoroda yoshunsunki, manga
Notavon jism fano gardida nopaydo bas.
Ey Navoiy, yetaring yorg'a ermas mumkin,
Qilmasang ko'nglung aro g'ayri xayolin to bas.