
Alisher Navoiy korpusi

241
Birov aning labi jonbaxshidin nishon bermas
Ki, har kishiki qilur istimo', jon bermas.
Adam tariqig'a tushtum, tilab aning og'zin,
So'rub kishi manga ul rozdin nishon bermas.
Abad hayoti kebi vaslig'a yetishkuncha,
Firoq mahlakasi ichra umr omon bermas.
Labingdin o'ldi tanim rishtaye tabibi xirad
Ilojin etkali sharbat bag'ir qon bermas.
G'animat angla ko'z-u ko'nglum ashk ila qonin
Ki, muncha injuyu la'l elga bahr-u kon bermas.
Zamona qildi meni goh mast-u, gah maxmur
Ki, bir zamon may agar bersa, bir zamon bermas.
Navoiyo, g'ami jonim olurda sa'y etti,
Sog'indikim, tilagach ushbu notavon, bermas.