Alisher Navoiy korpusi

242

Zihi oting bila xayli maloyik ichra xurush,

Falak senga yangi oy na'li birla halqabago'sh.

Gahiki fikrati zotingni aqli kul aylab,

Burung'i jomda hayrat ani qilib behush.

Sipehr jomida qahring haroratidin zahr,

Quyosh zamirida mehring haroratidin jo'sh.

Ham etti nofai mushkung qamarni mushki davoj,

Ham etti gulshani lutfung shafaqni gulgunpo'sh.

Ne qahring o'tidin emin faqihi soyimi dahr,

Ne rahmatingdin novmid rindi durdno'sh.

Navoi hamdinga bulbul tili bo'lub go'yo

Va lek hayrati vasfingda g'uncha og'zi xamush.

Navoiy o'zni sotar qullug'ung bila, yuz shukr

Ki, xudfurush emastur, yo'q ersa zuhdfurush

  • Semantik izoh: