Alisher Navoiy korpusi

243

Kelki, hijroning meni mahzunni badhol aylamish,

Yuz tuman dardu balo xaylig'a pomol aylamish.

Orazingdin o'zga yuz ko'rmaktin aylab ko'zni ko'r,

Dardi ishqing elga ayturdin tilim lol aylamish.

Ham boshimni gard ila mankubi hijron aylabon,

Ham tanimni bosh ila majruhi atfol aylamish.

Sen guli ra'no firoqidin sarig' chehramni ashk –

Qatra-qatra qon ila tim-tim tomib ol aylamish.

Xotirim ozurda aylab yor ila ag'yordin,

Yor-u ag'yorimni mendin forig'ulbol aylamish.

Firoqingdin o'lmagan bo'lsam, emas mendin gunah,

Charx ani komim ko'rub sa'yida ihmol aylamish.

Tushkanim Majnun bila Farhod ayog'ig'a ko'rub,

Gah tanimni nun qilib, gohe qadim dol aylamish.

Ey ko'ngul, din ahli zarqidin malul ersang, sipehr

Dayr pirin buyla mushkillarga hallol aylamish.

Hajr aro mast o'l, Navoiykim, farah kasbiga ishq

Mayni yoquti muzob-u la'li sayyol aylamish.

  • Semantik izoh: