Alisher Navoiy korpusi

244

Qaysi ishrat mevasi naxli hayotim qildi fosh

Kim, parivash tifllar yog'durg'ay ul yon muncha tosh.

Olam ichra ul quyosh zohir vale mendin nihon,

Ey ibodat ahli, qo'ysam, tong emas, olamg'a bosh.

Oq uqor o'tog'asi chobuksuvorim boshida,

Uylakim, xatti shioi aylagay zohir quyosh.

G'am tuni sargashta boshim, ham sipehredurmudir,

Anda kavkab zohir o'lg'on yuz uza har qatra yosh.

Ko'z ani ko'rgach, ko'ngul sevdi, bu ish bo'lg'an zamon

Ko'zlarim ko'r-u ko'ngul nobud bo'lg'ay erdi kosh.

Gar desang qattiq balog'a qolmag'aysen charxdin,

Olam ahli birla yumshog'lig' bila qilg'il maosh.

Chun Navoiy o'ldi, itlar dardparvar jismini

To'ma qilmoq yo'qki, rad aylarda aylarlar talosh

  • Semantik izoh: