
Alisher Navoiy korpusi

245
Avji husn uzra yuzung xurshidi farruhbol emish,
Xoling ul hindui muqbil, kavkabi iqbol emish.
Dedim: aytay husni vasfi birla ishqim hirqatin,
Bilmadimkim, til bular vasfin demakta lol emish,
Husn xattin par chiqarib uchmog'i ermish sazo,
Ishq ila dard ahlidin xo'beki forig'bol emish.
Man'i ishq aylar edim ko'nglumga, ko'rdum holini,
Shiddati shavq iztirobidin base badhol emish.
Ko'z yumub ochquncha yuz qon aylar ermish g'amzasi,
Men yomon baxtiga yetkanda ishi ihmol emish.
Ul parivash suvratin sizg'ach musavvir, angladim
Kim, xiradni aylagan devona bu timsol emish.
Xonaqah shayxi qoshinda qoldi ko'p mubham ishim,
Buyla mushkillarga piri maykada hallol emish.
Soqiyo, jomi visoling no'shidin tirguz meni
Kim, xumori sog'ari hijron ajab qattol emish.
Gar Navoiy pirlarg'a murshid erdi, kirgali
Ishq-u savdo ko'yiga bozichai atfol emish.