Alisher Navoiy korpusi

246

Sham' uchini olmog' uchun, ey mahvashi farrosh,

Parvona qanotlaridin et sifrai minqosh.

Yo'q-yo'qki, yuzung sham'ig'a parvonadur anjum,

Kim, bir-bir alar shomi visolingda bo'lar fosh.

Oy sham'ig'a minqosh munosib yangi oydur,

Andog'ki, yuzung sham'ig'a minqoshdur ul qosh.

Boshimdur ayog'ingg'a fido, har ne kerak – qil,

To'qmoqqa munosibdur, agar istar esang bosh.

Ul oy agar ilgiga supurgu olur, ey charx,

Xurshid shioi xatidin qilsang ani kosh.

Har tun chu falak borgahi vaz'i nigundur,

Gardun ko'zi go'yo bu jihatdin to'kadur yosh.

Ko'ngli uyidin sabr mato'ini supurdi

Bechora Navoiykim, erur dilbari farrosh.

  • Semantik izoh: