Alisher Navoiy korpusi

247

Men gadog'a har necha ko'yi sari bormoqdur ish,

To''ma solmoq itga-yu darbong'a yolbormoqdur ish.

Qon bo'lub itgan ko'ngulni ista-yu ul ravzada

G'unchalar xaylini gulbunlarda axtarmoqdur ish.

Ul sari borurda jon birla ko'ngulni rashkdin

Har birisin yuz bahona birla qaytarmoqdur ish.

Tiyra ko'nglumda xayolig'a malolat vahmidin

Notavon jismimni har yondin tutub yormoqdur ish.

Tushsa ilgimga iti, azbas niyoz-u mehrdin,

Ani men Majnun qo'lidin elga qutqarmoqdur ish.

May tag'orin tut desam, soqiy, tojonmakim, sanga

Ish ani tutmoq va lekin bizga sipqarmoqdur ish.

Telbarab har dam bo'lur g'oyib Navoiy, nechakim,

Bizga ani aql ko'yi sari boshqarmoqdur ish.

  • Semantik izoh: