Alisher Navoiy korpusi

249

Bazmi vasl ichra manga tutti qadah ul mahvash,.

Boda xush, bazm xush – ul ikkisidin soqiy xush.

Bir-bir ofoq elin o'lturdi, ne bir-bir – ming-ming,

Olloh-Olloh, ne balo qotil emish ul mahvash.

La'li ko'nglumni chekib, g'amzasi qonim ichti,

Nechakim bu biri xunxor erur, ul dilkash.

Tavsani charx uza go'yoki quyoshdur soyir,

Shahsuvorim chu qilur jilva, minib ko'k abrash.

Labi hayvon suyidin gar meni qildi forig',

Ne ajab, boda erur xor-u qilur daf'i atash.

Husn chun jilva qilur, oq-u qorada no'q farq,

Kishiga kelsa balo – xohi xito, xohi habash.

Sarvi nozim qoshida keldi Navoiy to'bi

Lamskim, suvrati xatti o'qidim ani lamash.

  • Semantik izoh: