
Alisher Navoiy korpusi

25
Xotirim vayronlig'in bilgay birov hijronida,
Ulki har soat birovni yo'qlag'ay vayronida.
Anglag'ay bekasligimni bir quyosh qilg'an gumon,
Tebranurda soya ham tebransa nogah yonida.
Tiyra shomim shiddatin andin so'rungkim, bo'lmag'ay
Nur bir sham'i shabistondin saro bo'stonida.
Kulbam ayvonin falak yiqqonni so'r ul zordin
Kim, anisi yo'q, yiqilg'ur kulbasi ayvonida.
Hajr Kan'onida sha'nimda o'qir sabr oyatin
Ulki, hajr oyatlari nozildur aning shonida.
Eyki, aytursen falak bedodidin ko'rmay sitam,
Davr ayog'in solmag'il qo'ldin falak davronida.
Rahm etib ahbobqa gardun, Navoiy ko'rdi zulm,
Qo'shmadi go'yo ani ahli muhabbat sonida.