Alisher Navoiy korpusi

250

Qading niholiki bog'i hayot tarfini tutmish,

Magarki Xizr-u Masiho suyu havosida butmish.

Ko'ngulnn gavhari ishqingki ravshan ayladi, gardun

Magar bu upni durri shabcharog' birla yorutmish.

Ko'ngulni qon yoshu gohi yuzum bila ovuturmen.

Sarig'-qizil bila andoqki xalq tiflin ovutmish.

Dedingki, hajr aro ber ishq so'zu tobig'a taskin,

Kishi tamug'da qachon ko'nglining o'tini sovutmish.

Ko'ngulga har necha sabr-u qaror pandi berurmen,

Birini, voyki, bishqarmayin, birini unutmish.

Umnd naxlini ashkim bila ne toza qilaykim,

Samumi hajr ani kul aylamish demanki, qurutmish.

Navoiy, emgak ila dema tarki ishqim etibdur,

Qachon zamiri uyi girdig'a bu ishni yovutmish.

  • Semantik izoh: