
Alisher Navoiy korpusi

251
Nekim qilur, ko'runur ul buti sitamgar xush,
Chu noz-u ishza bila bazmdin chiqar sarxush.
Yuzungda xush ko'runur jomi la'ling, ul yanglig'
Ki, toza gulshan aro la'lrang sog'ar xush.
Qamarning ikki yonida Suhaylu Zuhra kebi.
Ko'rundi iki qulog'inda durru gavhar xush.
G'azola yotmoq uchun lola bargi bistar xush.
Ne nav' jinsi bashar suhbatini xush ko'rgay,
Biravga bo'lsa parizodi hur paykar xush.
Menu jamolin aning bir ko'rarga bermak jon,
Agar bu noxush erur ahli davr aro, gar xush.
Navoiyo, sanga gar yordin g'arazdur, yor
Jafovu lutfini ko'rsang kerak barobar xush.
Ko'zungki oraz uza yotti - xush ko'rundiki, bor